» » Nikoh to‘yini Tashkent City parkida o‘tkazgan Vohidjon Isoqov karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi

Nikoh to‘yini Tashkent City parkida o‘tkazgan Vohidjon Isoqov karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi


Qo‘shnisining qiziga uylanayotganini ma’lum qilgan xonanda Vohidjon Isoqov 14-sentabr kuni uylangani, uning to‘yi Tashkent City parkida bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi. Xonanda va uning turmush o‘rtog‘ini tabriklash uchun to‘yga ko‘plab shou-biznes vakillari tashrif buyurgan.

Toshkent shahar IIBB tomonidan ma’lum qilinishicha, Vohidjon Isoqovning to‘yiga karantin qoidalariga zid ravishda belgilanganidan ortiq mehmon taklif qilingan.

“Internet tarmog‘ida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida amaldagi sanitariya-epidemiologiya talablarini buzgan holda o‘tkazilgan to‘y tadbiri haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Foto va videolardagi mehmonlar soni 50 nafardan oshgan. Koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq yuqori xavf sharoitida bunday ishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — deyiladi IIBB xabarida.

Ma’lum qilinishicha, sanitariya-epidemiologiya xizmati ishchilari tomonidan mazkur fakt asosida tadbirni tashkillashtirgan 32 yoshli Vohidjon Isoqov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jarimaga tortildi. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida (1 115 000 so‘m) jarima belgilandi.

Avvalroq to‘yiga belgilanganidan ortiq odam chaqirgan “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Ahmad Temurov jarimaga tortilgandi.

Mavzuga doir: Respublika bo‘yicha karantin qoidalariga zid ravishda eng ko‘p to‘y o‘tkazilgan viloyat ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют