» » AQShdagi oziq-ovqat do‘koniga yovvoyi ayiq bostirib kirib, yegulik o‘g‘irladi (video)

AQShdagi oziq-ovqat do‘koniga yovvoyi ayiq bostirib kirib, yegulik o‘g‘irladi (video)


Amerikaning Kaliforniya shtatidagi videokuzatuv kameralari g‘ayrioddiy o‘g‘ri – ayiqni bir necha bor do‘konga kirganini tasvirga oldi, deb xabar beradi UPI.

Kadrlarda uning binoga kirib, yerda yotgan oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, konfet va kreker yeyayotgani aks etgan.

Do‘kon xodimi Pol Xeygning aytishiga ko‘ra, hayvonlar so‘nggi haftada bir necha bor tashrif buyurgan. Ilgari suratga olingan videoda yirtqichning yo‘lini to‘smoqchi bo‘lganlarga ayiq tashlangan edi.

“Bu biroz qo‘rqinchli edi”, ? deydi Xeyg. – Ayiqlar bilan kurashish mening vazifamga kirmaydi”. Yovvoyi tabiat vakillarining aytishicha, yirtqich hayvonni yaqinda Kings-Bichdagi oziq-ovqat do‘konida va yana bir boshqa do‘konda ham ko‘rganlar bor.

Ayiqlarni himoya qilish va ushbu hayvonlar va odamlar o‘rtasidagi ziddiyatni boshqaruvchi BearLeague tashkiloti vakili Enn Brayant ikkala do‘kon bilan ham bog‘lanib, ularga qanday yo‘l tutish kerakligini maslahat bergan.

“Savdo shoxobchalarida avtomatik eshiklarni o‘chirib qo‘yish va yirtqichlardan saqlanish uchun tozalash vositasidan foydalanish kerak”, ? deydi Brayant. – Shuningdek, ayiq kimdir uni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan binoga kirmaydi”.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют