» » O‘zbekistonda 6 oy davomida 620 mingga yaqin fuqaro karantin qoidalarini buzgani aniqlandi

O‘zbekistonda 6 oy davomida 620 mingga yaqin fuqaro karantin qoidalarini buzgani aniqlandi


O‘zbekistonda o‘tgan davrda karantin qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha huquqbuzarlik yuzasidan 619 126 nafar fuqaro aniqlanib, tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilgan, deya xabar bermoqda YHXBB.

Qayd etilishicha, mamlakat bo‘ylab 2020-yilning 15-sentabrigacha 1 million 175 ming 306 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Bir kunda o‘rtacha 600-650 ta qoidabuzarliklar ro‘yxatga olinmoqda. Shu davr mobaynida 155 846 ta transport vositasi jarima maydonlariga kiritilgan.

Shuningdek, karantin talablarini buzgan 100 561 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 54-moddasi 1-qismi (karantin sharoitida jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish) bilan, 26 958 nafar fuqaroga esa 2-qismi (karantin sharoitida majburiy qoidalarni buzish) bilan chora ko‘rildi.

Mavzuga doir: Nikoh to‘yini Tashkent City parkida o‘tkazgan Vohidjon Isoqov karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi

Xabarda qayd etilishicha, tadbir boshida birgina poytaxt hududida 78 508 nafar fuqaro tibbiy niqob taqmay yurgan fuqarolarga chora ko‘rilgan.

“Birgina poytaxtni oladigan bo‘lsak, tadbir boshidan 20 mingdan oshiq transport vositalarini karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzib harakatlangan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 54-modda 1 va 2-qismlari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, 9 mingga yaqin transport vositalari karantin qoidalari qo‘pol ravishda buzgani uchun vaqtinchalik jarima maydonlariga joylashtirildi.

Masalan, haydovchi va yo‘lovchi orasini to‘sib turuvchi plyonkalarsiz, maxsus tibbiy niqob va qo‘lqoplarsiz hamda keragidan ortiqcha yo‘lovchilarni olgan holda harakatlanish holatlari ham uchramoqda.

Karantin qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, choralar ko‘rilyapti”, – deydi Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Sadirov.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют