» » Toshkentda elektr tarmog‘idan ommaviy uzilish holatlariga izoh berildi

Toshkentda elektr tarmog‘idan ommaviy uzilish holatlariga izoh berildi


16-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining bir qancha tumanlarida yashovchi aholi elektr energiyasi o‘chirilganidan shikoyat qilgan xabarlar tarqaldi. Ular elektr energiyasi hisob-kitobini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan bog‘liq muammolarni qayd etishgan. “Gazeta.uz” “Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi matbuot xizmati bilan bog‘lanib, holatga oydinlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, elektr energiyasi qarzdorligi bor fuqarolar uchun uzilgan. Lekin to‘lov amalga oshirilishiga qaramasdan, elektr energiyasining uzatilishi bir necha soatdan ham tiklanmagan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda aholining yetkazib berilgan elektr energiyasi oldidagi qarzdorligi 2,33 trillion so‘mni tashkil etadi. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EEHO va NQAT) bosqichma-bosqich ishga tushirilishi natijasida qarzdor iste’molchilarni ommaviy o‘chirishni boshlagan.

Buning natijasida 16-sentabr kuni respublika bo‘yicha 58 217 nafar qarzdor iste’molchi elektr energiyasi tarmog‘idan o‘chirilgan. Ushbu o‘chirilgan iste’molchilar umumiy qarzdorligi 8,9 milliard so‘mni tashkil etadi.

“Qarzdorlikni to‘lagan iste’molchiga, o‘z vaqtida elektr energiyasining ulab berilmasligining asosiy sababi, bir vaqtning o‘zida ommaviy o‘chirish va qayta ulash bo‘yicha so‘rovlarga ishlov berish bo‘yicha tizimga yuklanish haddan ziyod ortib ketgan. Shu boisdan tizim qayta ulanishni 4-5 soatga kechikib amalga oshirdi”, — deyiladi “Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi izohida.

Kompaniya ayni paytda tarmoqdan uzib qo‘yilgan iste’molchilar tarmoqqa to‘liq qayta ulanganini aytmoqda.

“Shuni alohida aytib o‘tamiz, yetkazib berilgan elektr energiyasidan qarzdor bo‘lgan iste’molchini avtomatik ravishda o‘chirilish davom etadi. Kelajakda elektr tarmoqdan uzilishning oldini olish maqsadida, hurmatli iste’molchilar, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishingizni so‘raymiz”, — deyiladi bayonotda.

Avvalroq 14-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish hamda nazorat qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda mamlakatdagi elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha yaxlit onlayn tizim yaratilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda tabiiy gaz nazoratining avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi joriy etilishini haqida “Hududgazta’minot” kompaniyasi 2020-yilning boshida ma’lum qilgandi. 2020-yil 20-avgust kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Toshkentda Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi foydalanishga topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют