» » O‘zbekiston tovar xomashyo birjasida ilk bor Turkmanistonning ECO-93 benzini sotuvga qo‘yildi

O‘zbekiston tovar xomashyo birjasida ilk bor Turkmanistonning ECO-93 benzini sotuvga qo‘yildi


O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasining birja savdolariga ilk bor Turkmanistondan import qilingan ECO-93 benzini qo‘yila boshlandi, deya xabar beradi birjaning maxsus axborot portali.

Avtobenzinning sotuvchisi sifatida “Nara-Komfort Servis” MChJ ishtirok etmoqda. Tovarni yetkazib berish shartlari – EXW sotuvchi omboridan olib ketish. Yangi birja tovarining boshlang‘ich narxi mahsulotning 100 kilogrammi uchun 600 ming so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, turli xil manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bir tonna benzin o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil etadi.

Birja savdolarida ishtirok etish uchun “O‘zRTXB” AJda onlayn akkreditatsiyadan o‘tish va birjaning brokeri bilan shartnoma tuzish lozim.

Ma’lumot uchun: YeSO-93 avtobenzini Turkmanistonda 2019-yildan buyon ishlab chiqariladi. YeSO-93 avtobenzinidan foydalanilganda zararli chiqindilar miqdori – oltingugurt oksidi 50 barobar, azot oksidi – 5 barobar, uglerod oksidi – 2 barobar, uglevodorod 20 foizgacha kamayadi.

Avvalroq “O‘zbekneftgaz” Ai-92 markali benzin narxini 15-sentabrdan boshlab arzonlashtirishi ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют