» » “Lokomotiv M” Jasur Jaloliddinovni RPL ro‘yxatidan chiqardi. Futbolchi jamoani tark etishi mumkin

“Lokomotiv M” Jasur Jaloliddinovni RPL ro‘yxatidan chiqardi. Futbolchi jamoani tark etishi mumkin


Moskvaning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov “temiryo‘lchilar” safini tark etishi mumkin.

“Lokomotiv” Jasur Jaloliddinovni 28-avgustda Premyer Liga uchun ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Biroq jamoa 19-sentabr kuni Jasurni RPL ro‘yxatidan chiqardi va uning o‘rniga Luka Jorjivichni ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Rossiyalik insayder Dmitriy Klipinning xabar qilishicha, “Lokomotiv” Jaloliddinovni ijaraga berib yuborishi mumkin.

Jaloliddinov iyul oyida “Lokomotiv” safiga borib qo‘shildi va klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Avvalroq Jaloliddinov “Lokomotiv” klubi Jasur transferi uchun 1 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashi va bu miqdorning 100 ming yevrosi “Bunyodkor”ga tegishi haqida xabar qilingandi.

Jasur Jaloliddinov — 2002-yil 15-mayda Navoiyda tug‘ilgan. 2018-yil 2-avgust sanasida “Bunyodkor” safida Superliga doirasida debyut o‘yinini “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazgan. U debyut qilgan vaqtda 16 yosh 80 kunlik edi. Bu orqali u O‘zbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi. 2019-yil oktabrida The Guardian talqiniga ko‘ra, dunyoning eng iste’dodli 60 futbolchisi ro‘yxatida qayd etilgan. 2019-yil yakunlariga ko‘ra, Superliganing eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. 2019-yil dekabrida Italiyaning “Benevento” klubi ko‘rigida bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют