» » Davlat test markazi huzurida yangi ilmiy markaz tashkil etiladi. U test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash bilan shug‘ullanadi

Davlat test markazi huzurida yangi ilmiy markaz tashkil etiladi. U test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash bilan shug‘ullanadi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilgan testologiya va pedagogik o‘lchovlar, chet tilidan malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda sohada yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Markaziy Osiyoda testologiya bo‘yicha mintaqaviy ilmiy maktab yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi huzurida “Ilmiy-o‘quv amaliy markazi” davlat muassasasi tashkil etildi.

Ilmiy markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

Ilmiy markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:

2020-yil 1-noyabrdan boshlab yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra DTM boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorida qo‘llanadi hamda bu bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar DTM faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Mavzuga doir: Davlat test markazining qator vakolatlari olib qo‘yildi

Eslatib o‘tamiz, mazkur qaror loyihasi 2019-yilning noyabrida muhokamaga qo‘yilgan edi. Unga ko‘ra, DTM xodimlarining maoshi ikki yarim baravarga oshishi kutilayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют