» » Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida “Andijon”ni yuta olmadi

Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida “Andijon”ni yuta olmadi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 16-turida “Navbahor” va “Andijon” jamoalari 20-sentabr, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvda namanganliklar ustunlikka ega bo‘ldi va mehmonlar darvozasi oldida ko‘plab xavfli vaziyatlarni sodir etdi. Biroq nursiz durang o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda “Navbahor” futbolchilari to‘p kiritishga erishdi, biroq o‘yindan tashqari holat sabab mazkur gol inobatga olinmadi.

“Navbahor” 21 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi. “Andijon” (7) esa so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Coca-Cola Superliga

16-tur bahsi

20-sentabr, yakshanba

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Azim Ahmedov (Sardar Telyakov, 46), Ivan Solovyov, Aziz Turg‘unboyev, Islom Isoqjonov, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Xurshidbek Muxtorov, Tohirjon Shamsitdinov, Pavel Golishev (Ehsoni Panshanbe, 53), Ruslan Bolov (Zabihillo O‘rinboyev, 76).

“Andijon”: Eldor Adhamov, Azamat Isroilov (Siroj Meliyev, 90+4), Farhod Mirahmatov, Xushnudbek Avilov, Farhodbek Bekmurotov, Abdullo Olimov (Asilbek Azizov, 90+4), Usmonali Ismonaliyev, Temur Usmonov (Jamshid Homidov, 46), Muhammad Yo‘ldoshev (Baxtiyorjon Qosimov, 69), Doniyor Abdumannopov, Nodir Mavlonov (Qahramon Baxodirov, 69).

Ogohlantirishlar: Ahmedov (10), Bekmurotov (24), Avilov (31), Muxtorov (54), Yo‘ldoshev (65), Shamsitdinov (84), Adhamov (88), Hamidov (90+5).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют