» » Trampga zaharli modda solingan xat yuborishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Trampga zaharli modda solingan xat yuborishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi


AQSh prezidenti Donald Trampga ritsin zaharli moddasi solingan xat yuborishda gumon qilingan Kanada fuqarosi bo‘lgan ayol Nyu-Yorkning Buffalo shahridagi chegara punktida ushlandi. Bu haqda The New York Times gazetasiga tayanib Meduza xabar bermoqda.

Ismi oshkor qilinmagan ayol AQSh hududiga kirishga uringan, uning yonidan o‘qotar qurol topilgan.

Qayd etilishicha, u 2019-yilda Texas shtati politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Undan ro‘yxatga olinmagan qurol, soxta haydovchilik guvohnomasi va muddati o‘tgan olti oylik viza topilgan. Shundan so‘ng ayol mamlakatdan Kanadaga deportatsiya qilingan.

O‘tgan haftada AQSh prezidenti hamda Texasdagi tergov izolyatori sherif ofisiga yuborilgan zaharli ritsin solingan xat maxsus xizmat tomonidan to‘xtatib qolgan. Huquq-tartibot organlari xatlar Kanadadan yuborilganini ma’lum qilgan. Xatlar yuvorilishini ular biror bir xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyati bilan bog‘lamayapti.

Ritsin zaharli moddasi solingan xat Donald Trampga ikkinchi marta yuborilishi. Birinchi martasi 2018-yilning oktabrida yuborilgan. O‘shanda prezident va Pentagonga xat yuborilishida gumonlanib AQSh harbiy-havo kuchlari veterani Uilyam Klayd Allen III qo‘lga olingan.

Trampdan avval ham AQSh prezidentlariga zahar solingan xat yuborilgan. Xususan, 2014-yilning may oyida Barak Obamaga zahar solingan xat yuborgan shaxs 25 yillik qamoqqa hukm qilingan. O‘sha yilning iyul oyida Texas shtatida istiqomat qiluvchi sobiq aktrisa Shennon Richardsonni ritsin zaharini tayyorlab, uni prezident Barak Obama va Nyu-Yorkning sobiq meri Maykl Blumbergga maktub orqali jo‘natgani uchun 18 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют