» » BMT bosh kotibi tashkilotning 75 yilda erishgan asosiy yutug‘ini ma’lum qildi

BMT bosh kotibi tashkilotning 75 yilda erishgan asosiy yutug‘ini ma’lum qildi


Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining 75 yillik faoliyati davomida asosiy maqsadi — Uchinchi jahon urushining oldini olishga erishdi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish tashkilotning yubileyiga bag‘ishlangan marosimda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

“Dunyo rahbarlari xalqaro hamkorlik va qonun ustuvorligiga kelishlari uchun ikki jahon urushi va Xolokost dahshatlari kerak bo‘ldi. Ushbu hamkorlik o‘z samarasini berdi. Ko‘pchilik qo‘rqqan Uchinchi jahon urushining oldi olindi”, — dedi tashkilot bosh kotibi.

Guterrish zamonaviy tarixda yirik davlatlar o‘rtasida harbiy qarama-qarshiliklarsiz bunday uzoq vaqt bo‘lmaganiga e’tibor qaratdi.

“Bu ishtirokchi davlatlar faxrlanishi mumkin bo‘lgan va uni saqlab qolishi kerak bo‘lgan katta yutuqdir”, — dedi BMT bosh kotibi.

“Biroq, hali ko‘p ish qilish kerak”, — dedi BMT rahbari. U dunyodagi eng muhim masalalar qatorida gender tengsizligi, iqlim o‘zgarishi, qashshoqlikning ko‘payishi, nafratning tarqalishi, geosiyosiy ziddiyatlar va yadro qurollarini sanab o‘tdi.

BMT xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash va mustahkamlash, xalqlarning tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyiliga hurmat asosida davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun tashkil qilingan. U umumiy maqsadlarga erishishda xalqlarning harakatlarini muvofiqlashtirish markazi bo‘lishi nazarda tutilgan. BMT nizomi 1945-yil 24-oktabrda kuchga kirgan. Bugungi kunda 193 ta davlat unga a'zo hisoblanadi.

Faoliyat asoslari va tashkilotning tuzilishi Ikkinchi jahon urushi davrida Gitlerga qarshi koalitsiya a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan.

Avvalroq Antonio Guterrish hozirgi paytda dunyoda xavfsizlik uchun asosiy tahdid COVID-19 pandemiyasi ekanligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaga juda ko‘p ishonib yubormaslik kerak. “U inqirozni o‘z-o‘zidan bartaraf eta olmaydi”, — deya ta’kidlagan Guterrish.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют