» » Rossiyadan yana 746 nafar o‘zbekistonlik poyezdda olib kelindi

Rossiyadan yana 746 nafar o‘zbekistonlik poyezdda olib kelindi


Maxsus poyezd reyslari orqali Rossiyadan 746 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun Toshkent–Rostov-Don–Toshkent temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, 19-sentabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 746 nafar o‘zbekistonlik bilan “Lixaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Mazkur poyezd 22-sentabr kuni Toshkent janubiy vokzaliga yetib kelgan. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16-sentabr kuni Samaradan 938 nafar o‘zbekistonlik poyezdda olib kelindi. 15-sentabr kuni esa Samara va Yekaterinburgdan 2 mingga yaqin, 3-sentabr kuni 922 nafar o‘zbekistonlik poyezdda O‘zbekistonga olib kelingandi.

Bunga qadar Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan 927 nafar, Samara viloyatidan 918 nafar o‘zbekistonlik poyezd orqali mamlakatga olib kelingan. 9-avgustda Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgan. Shuningdek, shu kuni boshqa bir poyezd Samaradan Samarqandga o‘zbekistonliklarni olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют