» » JSST dunyoda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etilganini ma’lum qildi

JSST dunyoda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etilganini ma’lum qildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda COVID-19 koronavirusining tarqalishi faollashayotganidan ogohlantirdi, biroq o‘lim holatlari soni kamaymoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Tashkilotning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan haftada dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha qariyb 2 millionta yangi holat qayd etilgan, bu esa bir hafta oldingiga qaraganda olti foizga ko‘proq.

“Gap epidemiya boshidan buyon bir hafta ichida qayd etilgan eng ko‘p holat haqida ketmoqda”, — deya ta’kidlagan JSST.

Worldometer statistik ma’lumotlar saytiga ko‘ra, pandemiya boshidan buyon dunyoda 31,5 mllionta COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etilgan, qariyb 968 ming bemor vafot etgan, 23,1 milliondan ortiq bemor tuzalgan.

Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh 7 milliondan ortiq bemor bilan dunyoda yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Hindiston 5,5 million va Braziliya 4,5 million bemor bilan egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 30-avgustda 25 milliondan, 11-sentabr kuni 28 milliondan, 14-sentabr kuni esa 29 million 18-sentabr kuni 30 million, 21-sentabr kuni 31 million kishidan oshgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют