» » Niderlandiyalik oila o‘z Jaguar’lari uchun noyob garaj qurdirdi (foto)

Niderlandiyalik oila o‘z Jaguar’lari uchun noyob garaj qurdirdi (foto)


Amsterdamlik oila o‘zlarining Jaguar XJS va Jaguar XJ modellarining chiroyini yashirmaslik maqsadida arxitektorlarga bir vaqtning o‘zida klassik avtomobillarga ko‘rgazma zali vazifasini o‘taydigan individual garaj qurishni topshirdi, deb xabar beradi Motor.

Juftlikning g‘oyasiga ko‘ra, Jaguar XJS va Jaguar XJ xavfsiz joyda saqlanishi kerak. Shu bilan birga, garajdagi muhit to‘laqonli ko‘rgazma zali vazifasini o‘tashi — ko‘chadan o‘tayotgan har bir kishi avtomobillarni tomosha qila olishi lozim.

Natijada arxitektorlar asimmetrik tom va katta oynalarga ega uchburchak garajni yaratgan. Mutaxassislar garaj ichiga elektroko‘targich o‘rnatgan bo‘lib, unga bitta avtomobil joylasha oladi. Er-xotinning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi qaror avtomobillar navbati bilan namoyishga qo‘yilishi uchun qabul qilingan.

Arxitektorlar garajning tashqarisini Britaniya markasining emblemasiga ega radiator panjarasi ko‘rinishida bezagan. Bundan tashqari, er-xotin talabiga ko‘ra, qo‘shimcha kabinet ham qurilgan bo‘lib, u yerdan avtomobillarni tomosha qilish mumkin.

Mavzuga doir: Jaguar Land Rover koronavirus tufayli avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют