» » Superliga. OKMK 5 ta gol urilgan o‘yinda “Bunyodkor”ni taslim etdi

Superliga. OKMK 5 ta gol urilgan o‘yinda “Bunyodkor”ni taslim etdi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 16-turida “Bunyodkor” jamoasi 22-sentabr, seshanba kuni OKMKga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Mate Vatsadze Elguja Grigalashvilining uzatmasidan keyin olmaliqliklarni oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Nurillo To‘xtasinov jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Grigalashvili mezbonlar darvozabonining xatosidan keyin ikkinchi golni urdi. Oradan ko‘p o‘tmay Toshkent klubi penalti ishlab oldi, uni Xurshid G‘iyosov golga aylantirdi.

Barchasi durang tomon ketayotgan bir vaqtda olmaliqliklar uchinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi: 89-daqiqada mehmonlar darvozabonining uzatmasidan keyin Jasurbek Umarov qulay vaziyatga chiqib bordi va o‘z imkoniyatini ko‘kka sovurmadi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin Mirjalol Qosimov jamoasining ochkolari 33 taga yetdi va jamoa 2-o‘ringa qaytdi. “Bunyodkor” (29) esa 4-pog‘onaga tushib ketdi.

Coca-Cola Superliga

16-tur bahsi

22-sentabr, seshanba

Gollar: 0:1 – Vatsadze, 1:1 – To‘xtasinov, 1:2 – 48 Grigalashvili, 2:2 – 57, penalti G‘iyosov, 2:3 – 89 Umarov.

“Bunyodkor”: Abdumavlon Abdujalilov, Islom Qobilov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Xurshid G‘iyosov (Farruh Ikromov, 69), Rasul Yo‘ldoshev (Ibrohim Ibragimov, 85), Lutfullo To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullayev (Dilshod Ahmadaliyev, 78), Abdulla Abdullayev, Shahboz Erkinov (Vladislav Nuriyev, 78).

OKMK: Valijon Rahimov, Mirg‘iyos Sulaymonov (Akmal Shorahmedov, 71), Igor Zonich, Bobur Yo‘ldoshev, Murod Toshmatov, Yovan Jokich, Sanjar Tursunov (Arslonmurat Amanov, 62), Bahrom Abdurahimov (Zafar Polvonov, 84), Husniddin G‘ofurov (Jasur Umarov, 62), Mate Vatsadze (Shahzod Nurmatov, 62), Elguja Grigalashvili.

Ogohlantirishlar: Erkinov (21), Sulaymonov (69), Yo‘ldoshev (72), Qodirqulov (87).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют