» » Uzbekistan Airways 1-oktabrdan Toshkent va Bishkek o‘rtasidagi parvozlar sonini ko‘paytiradi

Uzbekistan Airways 1-oktabrdan Toshkent va Bishkek o‘rtasidagi parvozlar sonini ko‘paytiradi


Uzbekistan Airways kompaniyasi 2020-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent va Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri o‘rtasidagi qatnovlar sonini haftasiga 2 marotaba oshiradi. Bu haqda kompaniya tomonidan ma’lum qilindi.

Kompaniya xabarida parvozlar haftaning qaysi kunlari amalga oshirilishiga aniqlik kiritilmagan, biroq parvozlar vaqti va reyslar raqami ko‘rsatilgan.

Toshkent—Bishkek yo‘nalishidagi parvozlar 779 va 777-reyslarda haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Toshkentdan soat 07:05 va 16:00 da uchadigan havo kemalari mos ravishda 09:15 va 18:10 da Bishkekka yetib boradi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Bishkek—Toshkent yo‘nalishida ham parvozlar haftasiga ikki marta 780 va 778-reyslarda amalga oshiriladi. Bishkekdan soat 18:40 va 19:40 parvoz qiladigan havo kemalari Toshkentga mos ravishda 19:00 va 20:00 da qo‘nadi.

Mazkur qatnovlarga aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, mobil ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways’ning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki O'zbekistondagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin.

Avvalroq Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovni tiklashi va Toshkentga parvozlar haftada bir marta amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1-oktabrdan boshlab barcha xalqaro avia, temiryo‘l va avtoyo‘l qatnovlarini tiklaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют