» » O‘zbekistonda 1 yilda 3,6 mln qadam piyoda yurgan shaxslarga barcha davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 50 foiz imtiyoz beriladi

O‘zbekistonda 1 yilda 3,6 mln qadam piyoda yurgan shaxslarga barcha davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 50 foiz imtiyoz beriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda “Yangi nafas” platformasi yaratiladi.

Qaror loyihasida keltirilishicha, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar “Yangi nafas” platformasini yaratish va uning ishlash tartibini tasdiqlashi kerak.

Platformaga ko‘ra, bir kunda kamida 10 ming, bir oy davomida 300 ming, bir yil davomida 3,6 million qadam yurgan shaxslarga barcha davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 50 foiz imtiyoz beriladi hamda sport inshootlaridan foydalanish uchun abonement taqdim etiladi.

Shuningdek, Adliya vazirligi “Yangi nafas” platformasini davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilinishinini ta’minlashga mas’ul qilib belgilangan.

Qaror matni muhokama uchun hukumat portaliga joylashtirilgan. To‘liq matn bu yerda ? o‘qish.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют