» » Yerda misli ko‘rilmagan falokatli qurg‘oqchilik boshlanishi mumkin

Yerda misli ko‘rilmagan falokatli qurg‘oqchilik boshlanishi mumkin


Olimlar Yer sayyorasida keng ko‘lamli qurg‘oqchilik boshlanishini ma’lum qildi, deb yozadi Phys.org.

Tadqiqotchilar tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Yerning janubiy yarimshari yuz yillikning o‘rtalariga borib uzoq va kuchli qurg‘oqchilikka duch keladi.

Prognozlar bo‘yicha ushbu hududlarga yog‘adigan yillik yog‘ingarchilik 30 foizga qisqarib ketadi.

Iqlim o‘zgarishi oqibatida 2024-yilga borib o‘rtacha global harorat 1,5 daraja Selsiydan ortiqroqqa, yuz yillik oxirida esa — 3 darajaga ko‘tarilishi mumkin. Bu avvalroq e’lon qilngan prognozlardan ham erta sodir bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, BMTning Butunjahon meteorologiya tashkiloti iyul oyida Janubiy Afrika va Avstraliyada kuzatilgan o‘rmon yong‘inlari tufayli ushbu hududlarda millionlab akr yerlar qovjirab qolgani va 2024-yilda qurg‘oqchilik kuzatilishi, Afrikadagi Saxelya hududida esa namlik miqdori oshib ketishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Agar iqlim isishiga qarshi kurashda global o‘zgarishlar bo‘lmasa, kelgusi 50 yilda milliardlab odamlar “iqlim migrantlari”ga aylanishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют