» » “Arsenal” bosh murabbiyi O‘zilning nima sababdan asosiy tarkibga kira olmayotganini tushuntirdi. O‘zil yarim yildan beri o‘ynamayapti

“Arsenal” bosh murabbiyi O‘zilning nima sababdan asosiy tarkibga kira olmayotganini tushuntirdi. O‘zil yarim yildan beri o‘ynamayapti


“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yarim himoyachisi Mesut O‘zil nima sababdan o‘yinlarda ishtirok etmayotgani haqida gapirdi.

Jamoa o‘sib bormoqda, o‘yinchilar qanday darajaga chiqayotganini hamma ko‘rib turibdi. Biz rivojlanishda davom etamiz, yaxshi o‘yin ko‘rsatishni va qolganlar bilan raqobat qilishni istaymiz. Namoyish qilayotgan o‘yinlarimizdan va futbolchilar tanlashda qiyinchilikka duch kelayotganimizdan mamnunman. Biz ma’lum uchrashuvga yaxshiroq to‘g‘ri keladigan o‘yinchilarni maydonga tushiramiz.

Tarkibdan joy olish juda qiyin va bu faqat Mesut emas, balki, boshqa futbolchilarga ham taalluqli. Sizning savolingizni tushunaman va hurmat qilaman, biroq men iloji boricha adolatli ishlashim kerak. Men eng yaxshi holatda bo‘lib turgan o‘yinchilarni tanlashga harakat qilaman.

Mikel Arteta, “Arsenal” bosh murabbiyi

31 yoshli O‘zil so‘nggi bor “Arsenal” safida 7-mart kuni o‘yin o‘tkazgandi. Germaniyalik futbolchi 2019/20-yilgi mavsumda Premyer Ligada 18 o‘yin o‘tkazib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 20:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют