» » Oliy sud raisi Toshkent viloyatidagi sayyor qabulda 50 ga yaqin murojaatni ko‘rib chiqdi

Oliy sud raisi Toshkent viloyatidagi sayyor qabulda 50 ga yaqin murojaatni ko‘rib chiqdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Sh.G‘oziyev Toshkent viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat hokimligi vakillari, viloyat jinoyat, xo‘jalik, fuqarolik sudi raislari va sudyalari, mahallalar raislari, tadbirkorlar, keng jamoatchilik, yoshlar ishtirok etdi. 

Sayyor qabulda fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari tomonidan sud amaliyoti bilan bog‘liq masalalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari va bevosita Oliy sudga qilingan murojaatlari tinglandi. 

Shaxsiy yengil avtomashinamni bir tanishimga ijaraga bergan edim. U bilan bu borada ijara shartnomasini rasmiylashtirgunimcha oradan bir muddat vaqt o‘tib ketdi. Bu ishni o‘z vaqtida notarial tasdiqlatmaganim, shaxsiy mulkimni o‘zim yaxshi bilmagan insonga ishonib topshirganim uchun bugun afsus qilib o‘tiribman. Aniqroq aytsam, o‘sha tanishim mol o‘g‘irlashda ayblandi. Yaqinda uning bu qilmishi o‘z isbotini topdi: jinoyatga jazo muqarrarligi ta’minlandi. Sayyor qabulga o‘g‘irlik sodir etilishida foydalanilgani uchun musodara bo‘lgan mashinamni qaytarib olishim mumkinmi, degan savolga javob olish uchun keldim. Bu muammoni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish uchun qaysi idoraga, qanday tartibda murojaat qilishim lozimligini tushuntirib berildi.

Mamadali Abduvaliyev, fuqaro

Sayyor qabulda fuqarolarning uy-joy, mulkiy nizolar, ajrim, firibgarlik, yer ajratish, oila-nikoh kabi turli mazmundagi 50 ga yaqin murojaati tinglandi. Murojaatlarning adolatli, qonuniy yechimini ta’minlash uchun viloyatdagi tegishli sud raislari va sudyalarga aniq topshiriqlar berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют