» » Video: Minskda taksi haydovchisi namoyishchilardan birini xavfsizlik kuchlaridan qutqardi

Video: Minskda taksi haydovchisi namoyishchilardan birini xavfsizlik kuchlaridan qutqardi


Minskda 23-sentabr kuni Aleksandr Lukashenkoning prezidentlik maxfiy inauguratsiyasiga qarshi ommaviy norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Meduza. Huquq-tartibot xodimlari 200 dan ortiq odamni keskin ravishda hibsga olgan.

Bu kunning qahramonlaridan biri “Yandeks.Taksi” haydovchisi bo‘lib, u Minskdagi namoyishchiga ta’qibdan qochishga yordam bergan. Voqea aks etgan video Euroradio Telegram kanalida e’lon qilingan.

Unda bir yigit maxsus kuch xodimidan qochib, oq rangli taksiga o‘tirgan. Shundan so‘ng haydovchi gazni bosib, ro‘paradan kelgan mashina bilan to‘qnashuvni chetlab o‘tib, gazonlar orqali boshqa mashinalarni aylanib o‘tib qochib ketganini ko‘rish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchining harakatlari qo‘llab-quvvatlangan. Twitter’da  Aleksandr Lukashenkoning kenja o‘g‘li nomidan yuritiladigan parodiyali “Grustniy Kolenka” profili taksichiga shu zahotiyoq beshta yulduz qo‘ygan va transport vaziri lavozimini bergan.

5 звёзд и пост министра транспорта водителю Яндекс такси.

— Грустный Коленька (@sadmikalai) September 23, 2020

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni o‘tkazilgan Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovda g‘olib deb topilgan. 23-sentabr kuni ertalab Minskdagi Mustaqillik saroyida avvaldan e’lon qilinmagan inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti lavozimini egalladi. Germaniya, Slovakiya, Litva, Latviya va Estoniya Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti deb tan olmadi.

Uning asosiy raqobatchisi Svetlana Tixanovskaya inauguratsiya marosimidan keyin videomurojaat yo‘llab, unda o‘zini belarus xalqining yagona yetakchisi deb atadi.

Mavzuga doir: Bloomberg: Moskva Belarusdagi norozilik namoyishlari ko‘lamidan hayratda, biroq Putin bu Lukashenkoni ag‘dara olishiga ishonmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 08:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют