» » Tomas Myuller faoliyatidagi 26-sovrinni yutdi. Nemis futbolchilari orasida undan oldinda faqat bir futbolchi bor

Tomas Myuller faoliyatidagi 26-sovrinni yutdi. Nemis futbolchilari orasida undan oldinda faqat bir futbolchi bor


“Bavariya” futbol bo‘yicha UEFA Superkubogi uchun o‘tkazilgan bahsda qo‘shimcha daqiqalardagi gol evaziga “Sevilya”ni 2:1 hisobida taslim qildi va bosh sovrinni o‘ziniki qildi.

Bu myunxenliklar a’zosi Tomas Myuller uchun faoliyatidagi 26-sovrin bo‘ldi. Natijada Tomas nemis futbolchilari orasida eng ko‘p sovrin yutgan sobiq jamoadoshi Bastian Shvaynshtaygerga yetib oldi.

Nemis futbolchilari orasida eng ko‘p sovrin yutgan esa “Real” vakili Toni Kroos hisoblanadi. Kroos hisobida 27 ta sovrin bor. Toni ushbu sovrinlardan 12 tasini “Bavariya”, 14 tasini “Real” va yana bittasini Germaniya terma jamoasi safida qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Myuller faoliyati davomida 9 marta Germaniya chempionligini, 6 marta mamlakat kubogini, 5 marta Germaniya Superkubogini, 2 martadan Chempionlar Ligasi va Yevropa Superkubogini, shuningdek, 1 bor Klublar o‘rtasidagi mundial g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari Germaniya terma jamoasi bilan JCh—2014 da g‘olib bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 12:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют