» » Foydalanuvchilar Instagram’dagi “Voqealar” funksiyasida nosozlik kuzatilganidan shikoyat qildi

Foydalanuvchilar Instagram’dagi “Voqealar” funksiyasida nosozlik kuzatilganidan shikoyat qildi


Instagram birinchi marta “Voqealar” (Stories) funksiyasida ommaviy nosozliklarga duch keldi, deb yozadi TJournal.

Butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar bo‘limga fotosuratlarni joylay olmayotganligi haqida ma’lum qila boshladi: boshqalarning voqealarini ko‘rish mumkin edi, ammo nimanidir yuklashga urinishda servis xatolik chiqarib berardi.

Boshqa foydalanuvchilar voqealardan tashqari, Instagram’ga videoroliklarni yuklab bo‘lmasligini ham payqab qoldi.

13-apreldagi statistikaga ko‘ra, Instagram’dagi “Voqealar” funksiyasini har kuni 200 million kishi ishlatadi. Instagram blogida nosozlik haqida hech qanday rasmiy ma’lumot berilmadi, ammo Twitter’da kompaniya vakillari muammolar borligini e’tirof etdi.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 11:13)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют