» » Qoraqalpog‘istonda sodir etilgan qotillik va giyohvandlik jinoyatlari IIVning xizmat itlari yordamida fosh etildi

Qoraqalpog‘istonda sodir etilgan qotillik va giyohvandlik jinoyatlari IIVning xizmat itlari yordamida fosh etildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Post-patrul xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya xizmati tomonidan Respublika hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, sodir etilgan jinoyatlarni issiq iz bilan fosh etishda, shuningdek, ko‘cha va jamoat joylarida, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joylarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi “KRuz.uz”.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi PPX va JTSB Kinologiya xizmati boshlig‘i mayor B.Tulekbayevning xabar berishicha, xizmat itlari yordamida 2017-yil 4-aprel kuni soat taxminan 10:30 da Nukus shahridagi B.Allambergenov ko‘chasi bo‘yidan jasad topilgan. Voqea tezkor-tergov guruhi tomonidan o‘rganilib, qurbon Nukus shahri Chimboy eli ko‘chasida yashovchi Farhod (ismlar o‘zgartirilgan) ismli shaxs ekanligi, uning bosh qismiga noma’lum shaxslar tomonidan jarohat yetkazishi oqibatida o‘ldirilganligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha voqea joyiga zudlik bilan vazirlik PPX va JTSB Kinologiya xizmatidan tajribali xodim kichik serjant Sh.Jarekeyev o‘ziga biriktirilgan Garri laqabli xizmat iti bilan chiqarildi. Xizmat iti yordamida ushbu jinoyatni Nukus shahri 22-kichik tumanida yashovchi Aleksandr amalga oshirganligi aniqlanib qo‘lga olindi. Bu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-bandi balan jinoiy javobgarlikka tortildi.

2017-yil 16-aprel kuni soat taxminan 17:30 da Nukus shahri A.Xojalepesov ko‘chasida yashovchi Sherzod yakka tintuv o‘tkazilganida uning yonidan 12,79 gramm marixuana narkotik moddasi topilgan. Sherzodning hozirgi vaqtda yashash uyi tezkor-tergov guruhi hamda vazirlik PPX va JTSB Kinologiya xizmati xodimi, safdor X.Gaypov o‘ziga biriktirilgan King laqabli xizmat iti bilan tintuv qilganida, uydan sotish uchun yashirib qo‘yilgan 29,76 gramm marixuana narkotik moddasi topilgan.

Bu holat bo‘yicha Sherzod O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-bandi balan jinoiy javobgarlikka tortildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют