» » Toshkentda 3—7-may kunlari “Shum bola” kinofestivali bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 3—7-may kunlari “Shum bola” kinofestivali bo‘lib o‘tadi


O‘zbekistondagi Gyote instituti va “O‘zbekkino” milliy agentligi Germaniyaning “Shlingel” xalqaro kinofestivali bilan hamkorlikda 3—7-may kunlari navbatdagi “Shum bola” kinofestivalini o‘tkazadi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir mutasaddilari ma’lum qildi.

Yosh tomoshabinlar — maktab, litsey va kollej o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli kino saroyiga taklif etiladi. Ular uchun 21-xalqaro “Shlingel” kinofestivali doirasida taqdim qilingan yangi nemis filmlari namoyish etiladi.

Shuningdek, o‘zbek kinoijodkorlarining “Oyqiz ertagi” filmi va yangi animatsiyali filmlar bilan tanishish imkoniyati mavjud.

“Shlingel” kinofestivali direktori Mixail Xarbauyer, prodyuser Aleksandra Proxazka, rejissyorlar Alen Gsponer va Toni Loyzer “Shum bola” mehmoni bo‘ladi.

Barcha filmlar rus tiliga o‘girilgan, kirish bepul.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют