» » Niderlandiyada dunyodagi birinchi biologik parchalanuvchi avtomobilni yaratishdi

Niderlandiyada dunyodagi birinchi biologik parchalanuvchi avtomobilni yaratishdi


Niderlandiyaning Eyndxoven texnologiya universiteti talabalari dunyodagi birinchi bilogik parchalana oladigan avtomobilni ishlab chiqdi, deb yozadi “Motor”.

Lina deb nom olgan avtomobilni yaratishda zig‘ir tolasidan foydalanildi, u bir-biriga turli burchaklar ostida ustma-ust qo‘yilsa, mustahkamlik bo‘yicha karbon yoki alyuminiydan kam bo‘lmagan tuzilmani hosil qiladi.

Mashinani elektr motor harakatga keltiradi, ammo uning tavsifi keltirilmayapti. U ilk sinovlardan o‘tgan , biroq tezligi velosipednikidan oshmagan. Hozirda yaratuvchilar umumiy foydalanishdagi yo‘llarda sinash uchun ruxsat berilishini kutmoqda.

Mashinani ishlab chiqqan talabalar dunyodagi eng ekologik avtomobil yaratdik, deb hisoblamoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, karbon va alyuminiydan detallar ishlab chiqarishga shunday po‘lat elementlar uchun ketadigan energiyadan olti baravar ko‘proq energiya sarflanadi. Zig‘ir tolasidan detallarni tayyorlash esa ancha oson.

Опубликовано: admin (3-05-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют