» » Norin tumanida “Prezident e’tibori – muruvvat tadbirlarida” shiori ostida 44 nafar bolaning sunnat to‘yi bo‘lib o‘tdi

Norin tumanida “Prezident e’tibori – muruvvat tadbirlarida” shiori ostida 44 nafar bolaning sunnat to‘yi bo‘lib o‘tdi


Namanganda “Prezident e’tibori – muruvvat tadbirlarida” shiori ostidagi marosimlar doirasida Norin tumanida 44 nafar bolaning sunnat to‘yi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Tuman markazidagi “Bek” to‘y-tantanalar majmuasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, viloyat va tuman hokimliklari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilgan sunnat to‘y marosimida bolajonlar va ularning ota-onalari, tuman faollari, nuroniylar ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov to‘ybolalarning har biriga hisob raqamiga 1 million so‘mdan pul mablag‘i o‘tkazilgan omonat daftarchalarini topshirdi. Tuman hokimligi va jamoat tashkilotlari tomonidan sovg‘a-salomlar taqdim etildi.

Turmush o‘rtog‘im 2012-yilda avtohalokat oqibatida halok bo‘lganidan so‘ng ikki farzand — bir qiz va bir o‘g‘lim bilan qoldim. O‘sha yili tug‘ilgan o‘g‘lim Shukrullo 5 yoshga to‘lyapti. Uning ko‘zida porlagan quvonch uchun Prezidentdan minnatdorman.

Dilfuza Karimova, Xo‘jaobod qishlog‘ida yashovchi fuqaro

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-05-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют