» » OAV: Saudiya Arabistoni qirolining akasi vafot etdi

OAV: Saudiya Arabistoni qirolining akasi vafot etdi


Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al Saudning akasi — Mashaal bin Abdulaziz 3-may, chorshanba kuni 90 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “TASS” Arab News gazetasiga tayanib.

Shahzoda Mashaal bin Abdulaziz 1926-yilda tug‘ilgan. U Saudiya Arabistoni birinchi qiroli Abdulaziz al Saudning 14-o‘g‘li bo‘lgan. 1940 va 1950-yillarda shahzoda otasi tomonidan dastlab mudofaa vaziri o‘rinbosari, so‘ngra, mudofaa vaziri etib tayinlangan. 1960-yillarda u Makka gubernatori lavozimida ishlagan.

2009-yildan so‘ng shahzoda siyosatdan yiroqlashgan va shaxsiy hayotiga e’tiborini qaratgan.

Qirollik oilasi a’zosining dafn marosimi Makkada bo‘lib o‘tadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют