» » Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan voz kechadi

Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan voz kechadi


Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp 2017-yil kuzidan boshlab ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan voz kechadi. Bu haqda Bukingem saroyi bayonot berdi, deb xabar qiladi Meduza.

Qirollik oilasi vakillari Yelizaveta II ning o‘zi rejalashtirilgan barcha tadbirlarda ishtirok etib borishini bildirdi.

Filipp omma oldida chiqishdan nima sababdan bosh tortgani ma’lum qilinmadi.

3-may kechki soatlarida The Daily Mail nashri qirollik oilasining barcha yaqinlari zudlik bilan Bukingem saroyida to‘planayotganini ma’lum qilgan edi. Bunday yig‘ilishlar kamdan-kam chaqiriladi, shu bois bu qirolicha yoxud uning turmush o‘rtog‘i Filippning sog‘lig‘i bilan bog‘liq degan taxminlar ilgari surildi.

4-may kuni The Sun nashri shahzoda Filipp vafot etgani haqida material e’lon qildi. Ammo bir muddatdan so‘ng nashr materialni tuzatdi, The Guardian’ning Bukingem saroyidagi manbalari esa shahzodaning sog‘lig‘i joyidaligini tasdiqladi.

2017-yil iyunida Edinburg gersogi, shahzoda Filipp 96 yoshga to‘ldi. U Yelizaveta II bilan 1947-yili turmush qurgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-05-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют