» » “O‘lmas polk” aksiyasi islom an’analariga to‘g‘ri kelmaganligi bois Tojikistonda o‘tkazilmaydi

“O‘lmas polk” aksiyasi islom an’analariga to‘g‘ri kelmaganligi bois Tojikistonda o‘tkazilmaydi


Tojikiston rasmiylari “O‘lmas polk” aksiyasi avval boshidan respublikada “G‘alaba kuni”ni nishonlash borasidagi rejaga kiritilmagani uchun Dushanbeda o‘tkazilmaydi, deb tushuntirish berdi. Bu haqda “Xovar” davlat axborot agentligi ma’lumot tarqatdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Tojikiston va Afg‘onistonning chegara hududida sodir bo‘layotgan jangovar harakatlar sabab mamlakat rasmiylari 9-may kuniga rejalashtirilgan aksiyalardan oshig‘ini o‘tkaza olmaydi.

Bundan tashqari, islom an’analariga binoan, musulmonlar o‘lgan odamlarning suratlarini ko‘tarib olib ko‘chalarda yurishi mumkin emas, deb yozadi “Xovar”.

Dushanbe meriyasiga “O‘lmas polk” aksiyasini o‘tkazish borasida ariza respublika urush va mehnat faxriylari qo‘mitasi tomonidan berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilmaydi

“O‘lmas polk” aksiyasi 2007-yili xalq tashabbusi sifatida Tomskda boshlangan edi. Keyinchalik u butun Rossiyada hamda qator boshqa davlatlarda o‘tkazila boshlandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют