» » Amazon asoschisi mlrd dollarlik aksiyalarini sotib yubordi

Amazon asoschisi mlrd dollarlik aksiyalarini sotib yubordi


Amazon asoschisi Jeff Bezos o‘ziga tegishli internet kompaniyasining millionta aksiyasini sotib, bir milliard dollar ishladi. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Aksiyalar 2–4-may kunlari donasi 935–950 dollardan sotildi. Bezosning qo‘lida Amazon’ning yana 79,9 million aksiyasi (kompaniyaning 17 foizi) bor. 2015-yil oxiridan buyon uning aksiyalari paketi 3 million donaga kamaydi.

Ilgariroq Bezos aksiyalarini diversifikatsiya qilishini bildirgan edi. Bloomberg’ning taxminicha, aksiyalarning sotilishi shu rejaning bir qismidir.

Bundan tashqari, Bezos aprel oyida o‘zi yaratgan Blue Origin kosmik kompaniyasiga yiliga 1 milliard dollar investitsiya kiritishini e’lon qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-05-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 23) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют