» » O‘zbekiston Prezidenti biznes-ombudsman institutini ta’sis etdi

O‘zbekiston Prezidenti biznes-ombudsman institutini ta’sis etdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z farmoni bilan Prezident huzurida tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil institutini ta’sis etdi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturi orqali ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Qaror “tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish, davlat organlari ularning ishiga asossiz ravishda aralashishining oldini olish, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari huquqlari ustuvorligi prinsipini ta’minlash”ga qaratilgan.

Biznes-ombudsman faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari sifatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat organlari, shu jumladan, huquq-tartibot va nazorat organlari tomonidan ularning huquq va manfaatlariga rioya etilishini nazorat qilish ko‘rsatilgan.

Farmonda ikki oy muxlat ichida Prezident huzurida tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish ko‘rsatilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-05-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют