» » Urgutda 16,5 ming dollarni 7900 so‘mdan noqonuniy ayirboshlab berayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Urgutda 16,5 ming dollarni 7900 so‘mdan noqonuniy ayirboshlab berayotgan shaxslar qo‘lga olindi


Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanayotgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Guruh a’zolari bo‘lgan 1957-yilda tug‘ilgan Q.R., 1984-yilda tug‘ilgan O‘.R. va 1988-yilda tug‘ilgan F.R. o‘z faoliyatini Urgut tumanining “Yangi kiyim kechak” bozori atrofida olib borgan. Xabar berishlaricha, ular Kamangaron qishlog‘ida noqonuniy valyuta ayirboshlash vaqtida qo‘lga tushgan.

Gumonlanuvchilar Samarqand tumanida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan fuqaroning Lacetti rusumli, davlat raqam belgisi bo‘lmagan avtomashinasi salonida 16 500 AQSh dollarini 130 350 000 so‘mga noqonuniy ayirboshlab berayotgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

“Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют