» » Venesuelada namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatishdan norozi 85 nafar harbiy qo‘lga olindi

Venesuelada namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatishdan norozi 85 nafar harbiy qo‘lga olindi


Venesuelada hukumatga qarshi namoyish o‘tkazganlarni xavfsizlik kuchlari tomonidan tarqatib yuborilishiga norozilik bildirgan 85 nafar harbiy xizmatchi qo‘lga olindi, deb xabar berdi “Kommersant”.

“85 nafar harbiydan iborat guruh qo‘lga olindi, ma’lumotlarga ko‘ra yana boshqalar ham bor. Bu odamlar Milliy gvardiya va politsiya harakatidan norozi”, — deb mahalliy muxolifat yetakchisi, Miranda shtati gubernatori Enrike Kapriles so‘zlaridan parcha keltirdi “TASS”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab harbiylar xizmatdan ketishni istamoqda, biroq rasmiylar ularning talabini qondirishga rozi emas. Venesuela hukumati namoyishchilarni tarqatib yuborishda mahbusllardan foydalanishni rejalashtirmoqda, deya qo‘shimcha qildi Kapriles.

Eslatib o‘tamiz, Venesuelada hukumatga qarshi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 37 kishiga yetdi, 700 dan ortiq odam jarohat olgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-05-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют