» » Foto: O‘zbekiston Prezidenti va yashnobodliklar

Foto: O‘zbekiston Prezidenti va yashnobodliklar


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-may, shanba kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tashrif bilan bo‘ldi.

Prezident tashrifi davomida Oybek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda ishga tushirilgan zamonaviy qozonxonani borib ko‘rdi. Bo‘sh yotgan “Toshkent qog‘ozi” korxonasida bo‘lib, uning binolarini ishbilarmonlarga ijaraga berish kerakligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Yashnobod tumanida amalga oshiriladigan yangi ishlab chiqarish va qurilish loyihalari bilan tanishdi. Artel zavodida bo‘lib, mahsulotlar turini ko‘paytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi.

32-oilaviy poliklinikada bo‘lish — Prezident tashrifining eng kutilmagan nuqtasi bo‘ldi. Tibbiyot muassasadagi ahvol bilan tanishib chiqqan Shavkat Mirziyoyev shu yerda mahalla aholisi bilan muloqotda bo‘ldi.

Mavzuga doir: Video: Shavkat Mirziyoyevning Yashnoboddagi poliklinikaga kutilmagan tashrifi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют