» » Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazmada 80 yoshli mehnat faxriysining chizmalari namoyish etildi

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazmada 80 yoshli mehnat faxriysining chizmalari namoyish etildi


Toshkent Fotosuratlar uyida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ko‘rgazma ochildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va boshqalar yoshi ulug‘ insonlarga, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylariga hurmat ko‘rsatish, ularning turmush tarzini yaxshilash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida e’tibor yuksak samara berayotganini ta’kidladi.

“Bugungi tadbirga taklif etilganimdan boshim ko‘kka yetdi, — dedi mehnat faxriysi V.Ziyoyev. — Davlatimiz tomonidan yoshi ulug‘ insonlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor bizni yana ijodga undayapti. 80 yoshga kirsam-da, qo‘limdan mo‘yqalamim tushgani yo‘q. Yaqinda shaxsiy ko‘rgazmamni san’at ixlosmandlari e’tiboriga havola etdim, bugungi tadbirda ham beshdan ortiq chizmam namoyish qilinmoqda”.

Ko‘rgazmada Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Y.Gadeskiy, mehnat faxriylari M.Yo‘ldoshev, A.Mo‘minov, V.Ziyoyev, A.Slugin, G.Serov, Y.Shubina, A.Dones kabi musavvir va fotorassomlar ijodidan namunalar havola etilmoqda.

Urush va mehnat faxriylariga sovg‘alar taqdim etildi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining xor jamoasi tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-05-2017, 00:19)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют