» » G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘da chilonzorlik faxriylar uchun bayram dasturxoni yozildi

G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘da chilonzorlik faxriylar uchun bayram dasturxoni yozildi


9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi 500 nafardan ortiq urush va mehnat faxriysi bilan G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida tuman hokimi Davron Hidoyatov Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat ko‘rsatgan faxriylar, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarga Prezident tabrigini yetkazib, esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Tadbirda urush va mehnat faxriylari uchun bayram dasturxoni va iste’dodli xonandalar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

Tumanda istiqomat qiluvchi respublika, Osiyo va jahon musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlar, murabbiylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют