» » 9 ta oltin va mutlaq rekord. Bahodir Jalolov qozog‘istonlik raqibidan revansh olib, OChni yakunladi

9 ta oltin va mutlaq rekord. Bahodir Jalolov qozog‘istonlik raqibidan revansh olib, OChni yakunladi


Toshkent mezbonligida o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining so‘nggi jangida Bahodir Jalolov qozog‘istonlik sportchiga qarshi ringga chiqdi.

Kamishbek Konkabayev o‘zbekistonlik sportchini Astana Arlans tarkibida mag‘lub etib, jamoasining Uzbek Tigers ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagandi. Osiyo chempionatida Jalolov buning uchun o‘ch oldi.

Shu tariqa O‘zbekiston termasi uchun jang qilgan 10 nafar bokschidan 9 nafari qit’a chempionatini chempion sifatida yakunladi. Faqatgina Sanjar Tursunov oltin medaldan quruq qoldi. Shunga qaramay, u pley-off jangida g‘olib chiqib, Germaniyada o‘tadigan Jahon chempionati ishtirokchisiga aylandi.

O‘zbekiston termasi bunga qadar Osiyo chempionatlarida xatto 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritmagandi. 2017-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 9 tani tashkil qildi. Bu esa rekord hisoblanadi.

Finallar
-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Gan Erdene Ganxuyang (Mo‘g‘uliston) — oltin
-52 kg: Jasur Latipov — In Kyu Kim (Janubiy Koreya) — oltin
-56 kg: Murod Ahmadaliyev — Jiavei Jang (Xitoy) — oltin
-60 kg: Elnur Abduraimov — Shiva Tapa (Hindiston) — oltin
-64 kg: Iqbol Xoldrov — Chinzorig Batorsux (Mo‘g‘uliston) — oltin
-69 kg: Shahram G‘iyosov — Ablaixon Jusupov (Qozog‘iston) — oltin
-75 kg: Isroil Madrimov — Dong Yun Li (Janubiy Koreya) — oltin
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Yerik Aljanov (Qozog‘iston) — oltin
+91 kg: Bahodir Jalolov — Kamishbek Konkabayev (Qozog‘iston) — oltin

Pley-off
-91 kg: Sanjar Tursunov — Salar G‘ulomiy (Eron) — JCh yo‘llanmasi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-05-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют