» » Liviya qirg‘oqlarida 11 noqonuniy muhojir halok bo‘ldi

Liviya qirg‘oqlarida 11 noqonuniy muhojir halok bo‘ldi


Liviya sohillarida ro‘y bergan ikki kema halokati oqibatida 11 nafaqar noqonuniy muhojir halok bo‘ldi, 200 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakillarining bildirishicha, birinchi halokat 5-may kuni ro‘y bergan. U kema bortida 132 noqonuniy muhojir bo‘lgan. Ularning 50 nafari Daniyaning yaqindan o‘tib ketayotgan Alexander Maersk kemasi jamoasi tomonidan qutqarib olingan. 8-may kuni Zaviya shahri yaqinidagi plyajda o‘n nafar ayol va bir bolaning jasadi topilgan.

Bundan tashqari, 7-may kuni bortida 120 kishi bo‘lgan kema halokatga uchragan. Bortda 30 nafar ayol va to‘qqiz nafar voyaga yetmagan bola bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-05-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют