» » Fotogalereya: Sayyoradagi eng tezkor minivenlar

Fotogalereya: Sayyoradagi eng tezkor minivenlar


Minivenlar o‘ziga xos ko‘rinishi va oilaviy mashina ekanligi bilan ajralib turadi. “Motor” nashri eng tezkor minivenlar fotojamlanmasini taqdim etdi.

O‘z tashqi gabarit o‘lchamlariga qaramasdan, Sienna Limited Premium AWD yetti soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi. Eng yuqori tezlik esa 200 km/soat hisoblanadi. Mashina 3,5 litr sig‘imli 300 ot kuchiga ega V6 dvigateli bilan jihozlangan.

Yetti o‘rindiqli BMW 220i Gran Tourer’ning eng yuqori tezligi 221 km/soat bo‘lib, 7,6 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi. Avtomobil ikki litr sig‘imli 192 ot kuchiga ega to‘rt silindrli dvigatel bilan jihozlangan.

Opel Zafira OPC hozirgi vaqtda ishlab chiqarishdan to‘xtatilgan. U 100 km/soat tezlikka erishishi uchun 7,8 soniya talab qilinadi. Eng yuqori tezligi esa 230 km/soat.

Ko‘p miqdorda ishlab chiqarilgan eng tezkor miniven Mercedes R63 AMG hisoblanadi. R63, taxminan, besh soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, eng yuqori tezligi esa 250 km/soat hisoblanadi.

Avtomobilga 3,5 litr sig‘imli 1029 ot kuchiga ega V6 dvigateli o‘rnatilgan. 100 km/soat tezlikka erishishi uchun 3,5 soniya kifoya qiladi. Olti darajali mexanik tezlik uzatish qutisi 250 km/soat tezlikda harakatlanishga imkon beradi.

Avtomobilning egasi 17 ming dollar sarflab, unga vertolyotning reaktiv dvigatelini o‘rnatgan. Dvigatel yukxonaga joylashtirilgan bo‘lib, ming ot kuchidan oshiq kuchga ega.

Matra, Williams va Renault kompaniyalarining qo‘shma loyihasi hisoblangan konsept-kar 800 ot kuchiga ega. V10 dvigateliga ega avtomobil 2,8 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi. Eng yuqori tezligi esa 312 km/soat hisoblanadi.

Toyota Tarago 7,4 litr sig‘imli V8 LSX dvigateliga ega. Avtomobil 1500 ot kuchiga ega bo‘lib, eng yuqori tezligi 250 km/soat hisoblanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-05-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют