» » O‘rtayer dengizida ikki kemaning halokati natijasida 250 qochoq bedarak yo‘qoldi

O‘rtayer dengizida ikki kemaning halokati natijasida 250 qochoq bedarak yo‘qoldi


O‘rtayer dengizida ikki kemaning halokati oqibatida bedarak yo‘qolganlar soni 250 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.

BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha agentligi ma’lumotiga ko‘ra, birinchi kema halokati o‘tgan hafta juma kuni sodir bo‘lgan.

Rezinali qayiq bir necha soat suzganidan so‘ng, 132 nafar yo‘lovchi bilan cho‘kib ketgan. Qariyb 50 kishi qutqarib olinib, Potssallo portiga yetkazilgan. Qolganlar bedarak yo‘qolgan deb qayd etildi.

Ikkinchi halokat 7-may kuni Liviya qirg‘oqlari yaqinida sodir bo‘ldi. Xalqaro tibbiyot korpusining ma’lum qilishicha, sohil qo‘riqlash xizmati cho‘kib ketgan kemadan bir ayol va olti nafar erkakni qutqarib olgan. Qolgan 163 nafar kishi esa topilmadi.

“Shu tariqa, yil boshidan beri O‘rtayer dengizini kesib o‘tishga uringan va halok bo‘lganlar yoki izsiz yo‘qolganlar soni 1300 nafardan oshdi. 43 mingdan ziyod muhojir Yevropaga dengiz yo‘li orqali yetib oldi”, — deyiladi agentlik axborotida.

Ma’lumot o‘rnida, BMT tomonidan qayd etilishicha, Yevropaga O‘rtayer dengizi orqali yetib olishni istagan va bu yo‘lda halok bo‘lganlar soni 2016-yilda 3800 nafardan oshgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-05-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют