» » Besh kun Xitoyda bo‘ladigan Shavkat Mirziyoyev, Janubiy Koreyaning yangi prezidenti, Islom Karimov portreti uchun tanlov va kunning boshqa muhim xabarlari

Besh kun Xitoyda bo‘ladigan Shavkat Mirziyoyev, Janubiy Koreyaning yangi prezidenti, Islom Karimov portreti uchun tanlov va kunning boshqa muhim xabarlari


10-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev 11—13-may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi. O‘zbekiston Prezidenti 14—15-may kunlari Pekin shahrida “Bir qutb, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etadi.

2. Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarini qabul qildi. Bu — BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining O‘zbekistonga ilk tashrifidir.

3. Islom Karimovning eng yaxshi portreti uchun tanlov boshlandi. Tayyor ishlar 2017-yil 31-iyulga qadar Toshkent fotografiya uyida qabul qilinadi.

4. Mun Chje In Janubiy Koreyaning yangi prezidenti bo‘ldi. Mun Chje In saylovchilarning 41,1 foiz ovozini to‘pladi, unga 13,4 million kishi ovoz berdi.

5. OAV Toshkentdagi Rashidov ko‘chasining uzilib qolgan bo‘lagi qayta tiklanishi haqida xabar tarqatdi. Shahar hokimligi bu xabarlarni tasdiqlamadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют