» » AQShning Abraham Lincoln atom aviatashuvchisi 4 yillik modernizatsiyadan so‘ng dengiz sinoviga chiqdi

AQShning Abraham Lincoln atom aviatashuvchisi 4 yillik modernizatsiyadan so‘ng dengiz sinoviga chiqdi


AQShning Abraham Lincoln atom aviatashuvchisi reaktorlarni qayta quvvatlantirish va keng modernizatsiyadan so‘ng dengiz sinoviga chiqdi. Bu haqda AQSh harbiy-dengiz kuchlari matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, sinov Atlantika okeanida, Virjiniya shtati sohillarida 4 kun davom etadi.

2013-yil mart oyidan boshlangan modernizatsiya natijasida aviatashuvchi “stels” texnologiyasidan foydalanilgan va yadroviy jangovar zaryadlar eltishga qodir beshinchi avlod F-35 qiruvchi-bombardimonchilarini joylashtirishga moslashtirildi.

Shu tariqa Abraham Lincoln AQSh HHKdagi “ko‘rinmas-samolyotlar” joylashtirilishi uchun yaroqli birinchi aaviatashuvchi kemaga aylandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют