» » Finlyandiyaning sobiq prezidenti Mauno Koyvisto 93 yoshida Xelsinkida olamdan o‘tdi

Finlyandiyaning sobiq prezidenti Mauno Koyvisto 93 yoshida Xelsinkida olamdan o‘tdi


Finlyandiyaning sobiq prezidenti Mauno Koyvisto 93 yoshida Xelsinkida olamdan o‘tdi. U mamlakatni 1982—1994-yillarda boshqargandi, deya xabar beradi “RBK”.

Reuters agentligiga ko‘ra, sobiq davlat rahbari oxirgi yillarda Alsgeymer kasalligiga chalingandi.

Mauno Koyvisto 1923-yil 25-noyabrda tug‘ilgandi. 1966—1967, shuningdek, 1972-yillarda Finlyandiya moliya vaziri bo‘lgan. 1968— 1970 va 1979—1982-yillarda mamlakat bosh vaziri bo‘lgan.

1982-yilda Koyvisto Finlyandiya prezidenti etib saylandi. 1994-yili uni bu lavozimda Martti Axtisaari almashtirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-05-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют