» » Namangandagi Mahorat maktabida oquvchilarni kasbga yonaltirish masalalari muhokama etildi

Namangandagi Mahorat maktabida oquvchilarni kasbga yonaltirish masalalari muhokama etildi


Namangan shahridagi 15-maktabda Ozbekiston Xalq talimi vazirligi tashabbusi bilan Kasb tanlovi baxt tanlovi mavzusida mintaqaviy seminar tashkil etildi. Bu haqda viloyat xalq talimi boshqarmasi axborot xizmati malum qildi, deya xabar beradiNamnews.uz.

Seminarda mezbonlardan tashqari Fargona, Andijon viloyatlaridan kelgan mutaxassislar, taxshis markazi rahbarlari, umumtalim maktablari psixologlari ishtirok etdi. Unda oquvchilarni kasb-hunarga yonaltirish, milliy hunarmandchilikka jalb etish, qiziqishlari va iqtidorlari asosida talimning keyingi bosqichiga tortish masalalari muhokama etildi.

Viloyatda oquvchilarni kasb-hunarga yonaltirish boyicha Mahorat maktabi etib belgilangan talim dargohiga 2016-yili 12 ta tikuv mashinasi, pazandalik uchun zarur jihozlar ornatildi. Duradgorlik, temirchilik, chilangarlik kasblarini mukammal organish imkonini beradigan mehnat talimi ustaxonalari jihozlandi. Qizlar uchun esa Zardozlik, Mohir qollar, chevarchilik togaraklari faoliyat korsatmoqda.

150 nafardan ziyod oquvchi ana shu imkoniyatlardan foydalanib, 10 ga yaqin kasb-hunar sirlarini maktabning ozida organyapti. 60 nafardan ortiq oquvchi maktab joylashgan hududdagi milliy hunarmandchilik va maishiy xizmat korsatish shaxobchalarida mehnat qilayotgan ustalardan sartaroshlik, kosiblik, tunukasozlik, yogochdan buyumlar yasash sir-asrorlarini ozlashtirmoqda.

Seminar doirasida 15-maktab psixologi Zarifa Nazarova hamkasblar uchun trening mashguloti otib berdi. Tadbir qatnashchilari maktab oquvchilari ishtirokida tashkil etilgan Osh tanlovi va Sartaroshlar bahsini tomosha qildi.

Daryo yangiliklarini Facebookda kuzatib boring

: admin (13-05-2017, 20:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -