» » Xitoy terrorchilikka qarshi kurashda Qirg‘iziston bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyorligi ma’lum qilindi

Xitoy terrorchilikka qarshi kurashda Qirg‘iziston bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyorligi ma’lum qilindi


Xitoy rasmiylari Qirg‘iziston bilan terrorchilikka qarshi kurashdagi ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishga intilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan muzokaralar chog‘ida Xitoy rahbari Si Szinpin ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Ikki tomon ham terrorchilikka qarshi kurash, xavfsizlikni ta’minlash borasida hamkorlikni kuchaytirishi talab etiladi. Bunga ikki davlat, qolaversa, butun mintaqa barqarorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan urinishlarni birlashtirish orqali erishish mumkin”, — deya ta’kidladi Si Szinpin.

Xitoy yetakchisiga ko‘ra, Pekin Qirg‘iziston mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi daxlsizligi tarafdori.

Shuningdek, Si Szinpin Xitoy va Qirg‘iziston 3 yildan ortiq vaqtdan beri “Bir makon, bir yo‘l” loyihalari doirasida samarali hamkorlik qilayotgani va bu ikki davlat xalqlari farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini e’tirof etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-05-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют