» » Tojikiston transport vazirligi nega samolyotlari Toshkentga uchmayotganligi sababiga aniqlik kiritdi

Tojikiston transport vazirligi nega samolyotlari Toshkentga uchmayotganligi sababiga aniqlik kiritdi


O‘zbekistonning “O‘zbekiston havo yo‘llari” davlat aviakompaniyasi tomonidan Toshkent—Dushanbe—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan reys bandligi 50 foizdan oshmayapti. Aynan shu sabab tufayli Tojikistonning “Somon Eyr” aviakompaniyasi O‘zbekiston poytaxtiga o‘z reysini ochishga shoshilmayapti. Bu haqda Tojikiston transport vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi Asia-Plus nashri.

“Har ikkala mamlakat aholisi uzoq yillar davomida kutgan Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviareysning ochilishi biz uchun muhim bo‘ldi. Agar reys talabgir bo‘lsa va yo‘lovchilar soni ko‘paysa, Tojikiston aviakompaniyasi albatta Toshkentga parvoz qila boshlaydi. Hozir esa Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari davom etmoqda”, — deyiladi transport vazirligi xabarida.

Toshkentdan Dushanbega ilk muntazam reys “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi tomonidan 11-aprel kuni amalga oshirildi. O‘shanda samolyot bortida 29 kishi bor edi. Toshkent—Dushanbe—Toshkent reysi haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshirilmoqda. Parvoz vaqti bir soatga yaqin.

Chipta narxi bir tomonga 140 dollarni tashkil etmoqda. O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi Shoqosim Shoislomovning so‘zlariga qaraganda, mazkur qiymat biznesmenlar uchun unchalik qimmat bo‘lmasa-da, oddiy fuqarolar uchun juda yuqori. “Biz aviachiptalar narxlarini pasaytirishga harakat qilamiz”, — dedi u.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-05-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют