» » Renault — Nissan alyansi ilk bor avtomobillar sotuvi bo‘yicha yetakchiga aylandi

Renault — Nissan alyansi ilk bor avtomobillar sotuvi bo‘yicha yetakchiga aylandi


Renault — Nissan alyansi joriy yil birinchi yarmida sotilgan mashinalar soni bo‘yicha tarixida ilk bor avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida yetakchiga aylandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Tarkibiga Mitsubishi Motors ham kiruvchi alyans 6 oy mobaynida butun dunyo bo‘ylab 5,268 million avtomobil sotdi. Ikkinchi o‘rinni 5,155 million mashina bilan o‘tgan yili yetakchilik qilgan Volkswagen egalladi. Uning tarkibiga Audi va Lamborghini ham kiradi.

Uchinchi o‘rinda Toyota (5,129 million), to‘rtinchi o‘rinda General Motors (4,7 million) qayd etildi.

Hozirda avto ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘rtasida jiddiy raqobat mavjudligi va Renault — Nissan kelgusida ham yetakchi bo‘lib qolishi haqida ishonch bilan aytish mushkul ekanligi bildirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-07-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют