» » Tesla kompaniyasi hamyonbop Model 3 elektromobilini sotishni boshladi

Tesla kompaniyasi hamyonbop Model 3 elektromobilini sotishni boshladi


Tesla kompaniyasi o‘zining birinchi hamyonbop Model 3 elektomobilini sotishni boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

28-iyul kuni kompaniya rahbari Ilon Mask Kaliforniyadagi zavodda dastlabki 30 ta avtomobilni xaridorlarga taqdim etdi.

Uning ta’kidlashicha, hozirga qadar Tesla yangi model uchun oldindan yarim milliondan ortiq buyurtma olgan.

Akkumulyatorining quvvati 345 kilometrga yetadigan Model 3 ’ning narxi 35 ming dollarni tashkil etadi.

Uning narxi Tesla’ning dastlabki ikkita avtomobili — Model S sedani va Model X krossoveridan 2—4 barobarga arzon.

Tesla kompaniyasi Model 3 avtomobillaridan 2017-yilning avgust oyida 100 ta, sentabrda esa yana 1500 ta ishlab chiqarish niyatida.

Dekabrdan boshlab esa avtomobil ishlab chiqarish quvvati oyiga 20 ming donga yetadi.

Ilon Maskning rejasida 2018-yilga borib Tesla’ning yillik avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 500 ming donaga, 2020-yilga borib esa bir million donaga yetkazish ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-07-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют