» » Rossiyani mamlakatdagi AQSh diplomatik vakolatxonalarining 700 nafardan ortiq xodimi tark etadi

Rossiyani mamlakatdagi AQSh diplomatik vakolatxonalarining 700 nafardan ortiq xodimi tark etadi


Rossiya tashqi ishlar vazirligining AQSh diplomatik vakolatxonasidan mamlakatda faoliyat yuritayotgan amerikalik xodimlari sonini 455 nafargacha qisqartirish borasidagi bildirgan talabiga ko‘ra, Rossiyani 700 nafardan ortiq amerikalik tark etadi. Bu haqda “Kommersant” Moskvadagi ikkita diplomatik manbasiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi Meduza.

AQSh elchixonasi va bosh konsulligining Rossiyadagi xodimlari soni ma’lum emas.“RIA Novosti” manbasining ta’kidlashicha, ularning umumiy soni “600—700” nafar va Rossiyadan 200—300 nafari chiqib ketadi. “Interfaks”ning yozishicha, Rossiyani “o‘nlab emas, yuzlab” odamlar tark etadi.

28-iyul kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQSh 1-sentabrga qadar Rossiyadagi diplomatik va texnik xodimlari sonini 455 tagacha qisqartirishi lozimligini ma’lum qilgandi — aynan shuncha rossiyalik AQSh diplomatik vakolatxonalarida faoliyat yuritadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-07-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 20) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют