» » Alisher Usmonov yil boshidan buyon 1,77 mlrd dollarga boyidi

Alisher Usmonov yil boshidan buyon 1,77 mlrd dollarga boyidi


Rossiyalik 27 nafar dollarli milliarderlarning umumiy kapitali 2017-yilning yanvaridan avgustigacha 10,14 milliard dollarga ko‘paydi, deb yozadi “TASS” Bloomberg Billionaires Index’ga tayanib.

27 nafar rossiyalik milliarderlarning 21 nafari boyidi. Rossiyaning eng boy odami, “Severstal” OAJ asosiy aksiyadori Aleksey Mordashov  bu davr ichida o‘z  boyligini 354 million dollarga oshirdi. Rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turgan Vladimir Potanin, “Interros” prezidenti va “Norilskiy nikel” boshqaruv raisi 16,6 million dollarga boyidi.

O‘z davlatini eng ko‘p miqdorda ko‘paytirganlar — Novolipetsk metallurgiya kombinati direktorlar kengashi rahbari Vladimir Lisin (1,84 milliard dollarga ko‘paytirgan), USM Holdings asosiy aksiyadori Alisher Usmonov (1,77 milliard dollarga) va “Rusal” va En+ Group prezidenti Oleg Deripaska (1,76 milliard dollarga) bo‘ldi.

2017-yilning ilk yetti oyi ichida eng ko‘p pul yo‘qotganlar esa — “Novatek” rahbari Leonid Mixelson (2,09 milliard dollar), Volga Group asoschisi va egasi Gennadiy Timchenko (1,92 milliard dollar) va “Lukoyl” OAJ prezidenti Vagit Alekperov (1,13 milliard dollar) bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют